Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi anomal sovuq kunlarda uylarda qulay haroratni saqlagan holda isitish xarajatlarini qanday tejash mumkinligi bo‘yicha tavsiya berdi. Jumladan, isitish radiatorlarida kiyimlarni quritmaslik, mebelni radiatorlardan uzoqroq joylash kerakligi aytilgan.
Toshkent zooparki anomal sovuq kunlarda hayvonlar uchun qanday sharoit hozirlangani haqida ma’lumot berdi. Xususan, harorat markaziy isitish tizimi orqali ta’minlanadi, elektr uzilishi vaqtida generatorlar ishga tushadi. Ba’zi jonivorlar volerlariga somondan tayyorlangan tabiiy isituvchi sholchalar qo‘yildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi 10−15 yanvar kunlari kuzatiladigan anomal sovuqda chorva mollari va xo‘jalik ekinlarini qanday asrash bo‘yicha tavsiyalar berdi. Xususan, ekin maydonlari ustini plyonka qoplamalari bilan qoplash kerakligi keltirib o‘tildi.
O‘zbekistonga 9 yanvardan Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. 10−15 yanvar kunlari anomal sovuq kuzatiladi. Bunday sharoitda keksalar va bolalarning ko‘chaga chiqmasligi tavsiya etildi. SSV, shuningdek, sovuqdan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Toshkent hokimi shahar xizmatlarining anomal sovuq kunlardagi faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. U asosiy faoliyatdan chalg‘itadigan majlislar o‘tkazishni taqiqladi. Ko‘chalar zudlik bilan qordan tozalanadi. Jamoat transportidan foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi kerak.
«Yuksalish» harakati davlat va xususiy sektordagi ish beruvchilarni anomal sovuq kunlarda, agar xodimlarning ish joyida bo‘lishiga ehtiyoj bo‘lmasa, uydan ishlashiga ruxsat berishga, jamoat transportining uzluksiz harakatini ta’minlashga chaqirdi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi kelasi haftada kutilayotgan sovishi munosabati bilan yirik korxonalarga gaz va elektr energiyasi yetkazib berish qisqarishi, IESlarga gaz yetkazib berish ko‘payishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, jadvalga ko‘ra, energiya ta’minotida qisqa muddatli uzilishlari mumkin.
O‘zbekistonda anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17 yanvargacha uzaytirildi.
9 yanvardan O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kela boshlaydi. 10−15 yanvar kunlari havo harorati kechalari −12…−17 darajagacha, kunduz kunlari −5…−8 darajacha, cho‘l hududlarda esa −25…−27 darajagacha pasayadi.
Senatorlar Toshkent markazidagi Senat binosida ham elektr ta’minoti uzilib, sovuqligini ma’lum qildi. Bahodir Tojiyev xonasida paltosini yechmasligini aytgan bo‘lsa, Farhod Boqiyev rivojlangan davlatlar ham energetika inqirozini boshidan kechirayotganini eslatdi.
“O‘zgidromet” markazi 9−12-dekabr kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida anomal past harorati bo‘lishini ma’lum qildi. 9−10 dekabrda shimolda havo harorati -24 darajagacha pasayishi mumkin.
O‘zgidromet Navoiy viloyatning shimoliy hududlarida anomal sovuq havo kuzatilayotganini ma’lum qildi. Xususan, Uchquduq, Tomdi tumanlari hamda Zarafshon shahrida −11…−14 daraja, Shimoliy Qizilqum hududlarida esa −20…−23 daraja sovuq harorat qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting